Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda "o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklashdi" mazmunida video tarqalmoqda.
Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasidan bergan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan, qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratgan.
Ayni vaqtda mazkur holat viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq maʼlumotlar taqdim etilishi aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling