Foto: Iran Front page
"Reuters" nashri amerikaliklar o'rtasida Rossiya Ukrainaga nisbatan yadro qurolini qo'llashini aytganiga qarmay Amerika harbiy yordam bilan Ukrainani ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi yoki yo'qligi haqida so'rov uyushtirdi.
Onlayn so'rovda 1005 nafar amerikalik qatnashgan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, 73% amerikaliklar Rossiya yadroviy qurolidan foydalanishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, Amerika Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda davom etishi kerakligiga rozi.
Demokratlar ham, respublikachilar ham bunga rozi bo'lishgan, demokratlar orasida ko'proq qo'llab-quvvatlangan - 81foiz, respublikachilar esa - 66 foiz.
4-5 oktabr kunlari o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovda respondentlarning 66 foizi Vashington Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni davom ettirishi kerakligini qo'llab quvvatlagan, avgust oyidagi shunga o‘xshash so‘rovda bu ko‘rsatkich 51 foizga teng edi.
Bayden maʼmuriyati Rossiya 24-fevral kuni bostirib kirganidan beri Ukrainaga xavfsizlik boʻyicha 16,8 milliard dollardan koʻproq yordam koʻrsatgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin so'nggi haftalarda Ukraina jang maydonidagi yutuqlari fonida yadroviy mojaro haqidagi tasavvurni ochiqchasiga ko'tarib, G'arbni Rossiya hududini, jumladan, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududini himoya qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishi haqida ogohlantirgan.
Reuters so'rovi shuni ko'rsatdiki, amerikaliklarning 58 foizi mamlakat Rossiya bilan yadro urushi tomon ketayotganidan qo'rqishini aytgan. 65% esa Ukrainaga Rossiyaning oʻziga ham zarba bera oladigan uzoq masofali qurollar berilsa, urush yanada avj olishidan xavotirda.
Biroq, amerikaliklarning kamroq foizi Ukraina muammolari mamlakatning ishi emas va Amerika bunga aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi, avgust oyida bu qatlam 40% ni tashkil qilgan hozirda esa 35% odam shunday fikrni bildirgan.
So'rovning asl natijalari burun aholi qamrovini hisobga olganda 4 foiz ko'proq yoki kamroq chiqishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling