Sadir Japarov xalqiga murojaat yoʻllayotib, jonli efirda yigʻlab yubordi — video

Japarov Botkenga borish istagida boʻlgan qirgʻiz xalqini tinchlanishga chaqirdi

Videodan Kadr

Videodan Kadr

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov jonli efirda qirg'iz xalqiga morojaat yo'lladi.

Prezident onalarga qirgʻiz zaminini oʻz jonidek sevadigan yigitlarni tarbiyalagani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Siz haqiqatdan ham qahramonlar tugʻib, tarbiya qildingiz, sizga taʼzim qilaman. Ularning qahramonligi unutilmaydi", — dedi Sadir Japarov koʻzda yosh bilan.

Japarov Botkenga borish istagida boʻlgan qirgʻiz xalqiga murojaat qildi. Qirgʻizistonning harbiy salohiyati avvalgidek emasligini taʼkidlab, ularni tinchlanishga chaqirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar