Foto: Modern Diplomacy
Ukrainada bo'layotgan urush tufayli 2022-yilda O‘zbekistonda qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydiganlar soni 179 ming kishidan oshadi. Ularning 89,5 ming nafari bolalardir. Bu haqda "UNICEF"ning hisobotida aytildi.
"UNICEF" Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 22 ta davlat uchun urush oqibatlari haqidagi hisobotini taqdim etdi.
Bu mamlakatlarda kambag‘allar soni, YUNISEF prognoziga ko‘ra, 10 milliondan ortiq kishiga oshadi. Ularning to‘rt millioni bolalardir.
Fond ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qashshoqlik chegarasidan pastga tushadiganlar soni eng ko‘p — 8,3 million kishidan oshadi. Ulardan 2,9 millionga yaqinini bolalar tashkil qiladi.
Ukrainada esa qashshoqlik chegarasidan quyida yashaydiganlar soni 472 ming kishiga ko‘payadi. Hisobotda qayd etilishicha, bu taxmin Ukraina yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 10 foizga qisqarishi haqidagi taxminga asoslanadi.
YUNISEF, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida bolalar o‘limining ortishi va ta’lim olish imkoniyatining pasayishini prognoz qilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling