Rossiyalik xakerlar AQSh davlat idoralari veb-saytlarini buzib kirdi

Killnet vakillari kiberhujum uch kun davom etishini ta'kidlashgan

Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi AQShning bir qator shtatlari hukumat saytlarini buzib kirdi. Bu haqda "Lenta" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Alabama, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Florida, Alyaska, Gavayi, Aydaxo, Indiana, Kanzas, Kentukki va Missisipi shtatlarining rasmiy manbalariga hujum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, hozirda 10 dan ortiq AQSh hukumati saytlari foydalanuvchilar uchun mavjud emas.

Shuningdek, xakerlik guruhi a'zolari o'zlarining telegram kanallarida ham bu haqida aytib o'tishgan.

Killnet vakillari kiberhujum uch kun davom etishini ta'kidlashgan. "Biz 72 soat ushlab turamiz!" — deb qo'shimcha qilgan xakerlar.

Ma'lumotlarga ko'ra, bungacha Killnet guruhi xakerlari Amerikaning Lockheed Martin harbiy-sanoat korporatsiyasining boshqaruv tizimiga hujum qilgani ma'lum bo'ldi. U Kiyevga MLRS HIMARS yetkazib berish bilan shug'ullanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling