Buyuk Britaniyada hayvonot bog'idagi hayvonlarni uzoq muddatga uxlatib qo'yish rejalashtirilmoqda

Bunga inqiroz davrida elektr energiyasining narxlari ko'tarilishi sabab bo'lmoqda

Foto: btet.ru<br>

Foto: btet.ru

Angliya shimolida joylashgan "Sealife" hayvonot bog‘i egasi Filip Miller energiya inqirozi tufayli hayvonlar uzoq muddatga uxlatib qo‘yilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Uning aytishicha, inqiroz davrida elektr energiyasining yillik narxi uch baravarga oshib, 240 ming funt sterlingdan 750 ming funt sterlingga yetgan.

Shu sababli, Miller pulni tejash maqsadida hayvonot bogʻini yopolmasligini aytgan. Sababi maymunlar va tropik baliqlar doimiy harorat talab qiladi.

"Bu hayvonlarning barchasi 24 soat, haftada 7 kun issiq yoki salqin haroratda turishi kerak. Shuningdek, ular oziqlanishi kerak, shuning uchun ularni saqlash juda katta mablagʻni talab qiladi. Biz ularning barchasi uxlatib qoʻyishimiz , yoki ularga boshqa uylarni topishimiz kerak. Ammo boshqa barcha hayvonot bog'lari ham huddi shu ahvolda deb o'ylayman", – deydi Miller

Ma'lum qilinishicha, o'tgan hafta 186 yillik faoliyati bilan dunyoning eng qadimiylaridan biri boʻlgan Bristol hayvonot bog'i moliyaviy bosim tudayli oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Uning ba'zi hayvonlari Angliyadagi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish parkiga ko'chirilsa, yana koʻplab hayvonlar butun dunyo bo'ylab hayvonot bog'lariga yuboriladi.

20 000 dan ortiq hayvonlar yashaydigan Angliya shimoli-g'arbidagi Chester hayvonot bog'i yillik energiya to'lovi, odatda taxminan 1,5 million funt sterlingni tashkil etgan boʻlsa, bu yil 2 million funt sterlingga (2,3 million dollar) ko'tarilishi kutilmoqda. Hayvonot bog'i bosh direktori Jeymi Kristonning so'zlariga ko'ra, bu koʻrsatkich 2023-yilda 3 million funt sterlingga (3,46 million dollar) yetishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling