Saxalinda besh qavatli uyda portlash sodir bo'ldi

Portlash oqibatida yetti kishi, jumladan, uch nafar bola vafot etgan

Rossiyaning Saxalin orolida besh qavatli turar-joy binosida sodir boʻlgan portlash oqibatida uy qulab tushdi. Bu haqda viloyat gubernatori Valeriy Limarenko maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 19-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 13:05 da (Toshkent vaqti bilan 7:05) Saxalin viloyatining Timovskoye qishlogʻida sodir boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, uyning vayron boʻlgan podezdida jami 33 kishi yashagan. Portlash oqibatida yetti kishi, jumladan, uch nafar bola vafot etgan. Yana uch kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, xonadonlardan birida gaz balloni portlab ketgan. Rossiya Tergov qoʻmitasining mahalliy boshqarmasi uy qulab tushishi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling