Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqda O'zbekistonda ayol uyni benzin sepib yoqib yuborgani aks etgan video tarqalmoqda. Videokamerada qayd etilgan sanaga koʻra, hodisa 30-oktyabr kuni sodir boʻlgan.
IIV matbuot kotibi Shoxrux G'iyosov xabar berishicha, voqea O'zbekistonda bo'lmagan.
Ushbu holat Vyetnamning Xingyen provinsiyasida yuz bergan. Ona oʻz qizlariga uyini boʻlib bergan, ammo qizlar mulk boʻlishishda murosaga kelishmagan va ulardan biri uyni yoqib yuborgan. Natijada uch kishi kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida hech kim halok bo'lmagan.
Avvalroq Farg'onada zavod ishchisi o'zini yoqib yuborishi oqibatida vafot etgani, Qarshidagi zavod yonida fuqaro o'zini yoqib yuborishga uringani haqida xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling