Birlashgan Arab Amirliklari Milliy meteorologiya markazi mamlakatning bir qancha hududlarida ob-havoning "qizil darajali" xavfini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda yomg'ir va kuchli shamol kuzatilmoqda. Dubayni qamrab olgan qum bo'roni fuqarolar hayotiga xavf solishi mumkin.
Shuning uchun rasmiylar aholini bir necha kunlik beqaror ob-havoga tayyorlanishga chaqirmoqda.
Ta'kidlashicha, o'ta xavfli ob-havo sharoitida katta vayronagarchilik va falokatlar ehtimoli saqlanib qolmoqda. Haddan tashqari intensivlikdagi meteorologik hodisalar jiddiy moddiy zararni keltirib chiqarishi va odamlarning qurbon bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Joriy yilning 14-avgust kuni Abu-Dabi rasmiylari avtomagistrallarda 500 metrdan kam bo'lishi mumkin bo'lgan ko'rinish keskin pasayganligi sababli haydovchilarga faqat juda zarur bo'lgandagina rulga o'tirishni tavsiya qilgandi.
Sinoptiklarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda bir necha kunlik beqaror ob-havoga hozirlik ko‘rilmoqda.
Mamlakatda yomg‘ir yog‘ishi va qumni havoga ko‘taradigan kuchli shamol kutilmoqda. Shuningdek Birlashgan Arab Amirliklarida yomg'irli va changli ob-havo kamida 26-avgust kuniga qadar davom etishi mumkin.
Shu bilan birga havo harorati pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 40 kilometrga yetishi ehtimoli bor.
Sinoptiklar aholini yaqin kunlarda imkon qadar hushyor bo'lishga, vodiylar hamda suv bosgan hududlarga, shuningdek, ko'chki va sel kelishi xavfi mavjud joylarga bormaslikka chaqirmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling