Foto: Uzreport
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.
Respublika bo'yicha asosan kam bulutli ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to'zon kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 24-27 m/sga yetishi mumkin.
Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35 daraja atrofida bo'ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30 daraja atrofida bo'ladi. Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me'yordan 3-5 darajaga past hisoblanadi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston respublikasi va Xorazm viloyatlarida tunda minimum haroratlar +11 darajagacha, boshqa viloyatlarda esa haroratning past ko'rsatkichlari +12 +13 darajagacha tushishi mumkin.
O'zbekistondagi salqinlikni keltirib chiqargan Qozog'istondan o'tayotgan sovuq antisiklon chekkasi baland tog'larda tungi muddatlarda havo haroratini qariyib nol darajagacha pasaytiradi.
Soha mutaxasislari tomonidan aholi istiqomad quluvchi tog'li hududlarda harorat minimumi +8 darajagacha pasayishi prognoz qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling