Foto: UzAlert
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 64 yoshli Antonina Boyko qidirilmoqda. Maʼlum qilinishicha, u 10-dekabr kuni uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Ayol och jigarrang shlyapa kiygan va oʻrtacha oʻlchamdagi oq sumka taqqan holda chiqib ketgan.
Xabarga koʻra, ilgari ayol bilan hecham bunday vaziyat yuz bermagan. Maʼlum boʻlishicha, oxirgi vaqtlar u bosh aylanishi haqida koʻp shikoyat qilgan.