Foto: Kun.uz
1-oktabr kuni O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘roni bo'lishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, arterial gipertenziya va bronxial astma bilan kasallangan odamlar sog'ligida sezilarli o'zgarishlar kuzatilishi, shuningdek ko'pchilik miyaning orqa qismida og'riqni boshdan kechirishi mumkin.
Surunkali kasalliklarga chalinganlar, keksalar va homilador ayollar quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishlari tavsiya etiladi:
- jismoniy faoilyatni, shu jumladan og'ir ish va mashg'ulotlardan cheklanish;
- to'g'ri ovqatlanishga alohida e'tibor berish va ko'proq suyuqlik ichish;
- meva va sabzavotlar, shu bilan birga, kaliy va vitamin C ga boy oziq-ovqatlar bu davrda salomatlik uchun foydalidir.
Shuningdek, magnit bo'roni kuzatiladigan vaqtda inson spirtli ichimliklardan butunlay cheklanishi kerak.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yurak xuruji va insultni boshidan o'tkazgan odamlar bir muddat mashina haydamasligi maqsadga muvofiqdir.
Ma'lumot uchun, magnit bo'roni quyosh chaqnashi natijasida paydo bo'ladi. U kosmosga protonlar va elektronlarning kuchli chiqishini keltirib chiqaradi, ular kuchli zaryadga ega bo'lib, Yerning magnit maydonlariga ta'sir qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling