Foto: Repost.uz
Namanganning Uychi tumanida 25-sentabr kuni erkak xotinini sevgilisi bilan ushlab olib, pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 25-sentabr kuni soat 01:30 atrofida Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 31 yoshli erkak o‘rtoqlari bilan birga bo‘lib o‘tgan gap marosimidan so'ng yashash xonadoniga kelgan. Shu vaqtda o‘zining yotoqxonasida telefon apparati chirog‘i yoniqligini ko‘rib, turmush o‘rtog‘i unga xiyonat qilayotgan bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, yashash xonadonida bo‘lgan pichoq bilan qurollangan va yotoqxonasiga kirgan. Yotoqxonada uning turmush o‘rtog‘i va boshqa tumanda yashovchi erkak bilan ishqiy munosabatlarga kirishib, unga xiyonat qilayotganligiga guvoh bo‘lgan.
Shundan so‘ng er ayoli bilan ishqiy munosabatga kirishgan sevgilisini kiyimsiz holatda tashqariga olib chiqayotganda erkak unga qarshilik ko‘rsatgan. Shunda ayblanuvchi qo‘lidagi pichoq bilan erkakning ko‘krak qafasiga 1 marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling