12-dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi.

Umurzoqov safar chogʻida Oʻzbekistonga qoʻshimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish boʻyicha kelishuvga erishdi va shartnoma imzolandi.

Agar bu loyiha amalga oshadigan boʻlsa, Oʻzbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi toʻliq hal qilinishi mumkin.