Foto: the guardian
Saudiya Arabistonida Twitter’dagi posti sababli Nura bint Said al-Qahtoniyga nisbatan 45 yilga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, al-Qahtoniy ishini huquq tashkiloti ko'rib chiqqan. Ayol qirollikning terrorizmga qarshi sudi tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan “jamoat tartibini buzish uchun foydalanganlik”da ayblangan.
Ixtisoslashtirilgan jinoiy sud esa al-Qahtoniyni “Internetdan Saudiya Arabistonining ijtimoiy tuzilmasini izdan chiqarish uchun foydalanish”da ayblab 45 yilga qamagan.
Ayolning qamalishiga asosiy sabablardan biri qilib uning ba'zi hollarda surgundagi dissidentlar yozgan tvitlarni retvit qilgani keltirilgan.
Saudiya Arabistoni rasmiylari hozircha huquq himoyachilari ma'lumotlariga izoh bermagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling