Foto: Kapital.ru
Germaniyada parlamentga bostirib kirishni rejalashtirgan ekstremistlarga qarshi yirik operatsiya oʻtkazilmoqda. Bu haqda Zeit nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda hukumatni agʻdarishga tayyorgarlik koʻrganlikda gumon qilinib, 25 kishi hibsga olingan. Uch ming politsiyachi mamlakat boʻylab 130 dan ortiq uy va xonadonlarni tintuv qilmoqda.
Rejalashtirilgan davlat toʻntarishiga aloqadorlikda 52 kishi, xususan, “reyxsburgerlar” vakillari gumon qilinmoqda. Harakat ishtirokchilari mavjud tuzumni nodemokratik tizimga oʻzgartirmoqchi.
Ekstremistlar orasida sobiq va amaldagi siyosatchilar, sudyalar va boshqa amaldorlar ham bor. Huquq-tartibot xodimlari ularning Rossiya bilan aloqasini ham tekshiruv oʻtkazadi. Bosh prokuraturaning qayd etishicha, qoʻlga olinganlar orasida rossiyalik ayol ham bor.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling