Bahodir Jalolov amerikalik raqibini nokautga uchratib, gʻalaba qozondi — video

U oʻzining professional boksdagi 12-jangida 12-marta muddatidan avval gʻalabani qoʻlga kiritdi

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Professional boksning super ogʻir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Kaliforniyada boʻlib oʻtgan jang oqshomida Oʻzbekiston vakiliga amerikalik Kyortis Harper (14-8, 9 KO) raqib boʻldi.

Jangning uchinchi raundida Jalolov faollikni oshirib, raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

Toʻrtinchi raundda ham Bahodir ketma-ket zarbalar yoʻllashda davom etdi. Yana bir nokdaun holatidan keyin hakam texnik nokaut qayd etdi va jang toʻxtatildi.

Shu tariqa Jalolov oʻzining professional boksdagi 12-jangida 12-marta muddatidan avval gʻalabani qoʻlga kiritdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar