Foto: Telegram
Oʻzbekistonda neft-gaz zaxirasi 40 yilga yetadi. Buni Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi vakili Erkin Nazarov maʼlum qildi.
Uning aytishicha, Oʻzbekistonda 300 ga yaqin neft-gaz konlari mavjud boʻlib, ularning zaxirasi 40 yilga yetishi aniqlangan. Shu bilan birga, uran xomashyosi boʻyicha ham 15 yilga yetadigan zaxira aniqlangan. Hozirgi kunda taxminan 50 mlrd kub atrofidagi gaz borligi aniqlangan.
Nazarov bundan keyin ham geologiya qidiruv ishlari amalga oshirish natijasida yana zaxiralar yildan-yilga topilishi mumkinligini taʼkidladi.
“Bu 40 yilda zaxiramiz tugaydi, degan gap emas. Har yili geologiya qidiruv ishlari amalga oshiriladi va neft, gaz, uran va boshqa xomashyolar boʻyicha toʻliq zaxiralar aniqlanib boriladi”, deya qoʻshimcha qildi qoʻmita vakili.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling