Taʼminotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida poytaxt hududlarida elektr energiyasiga qoʻyilgan cheklov davom etadi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, havo haroratining sovib ketishi hamda yuqori isteʼmol vaqtlarida Toshkent shahriga belgilangan isteʼmol topshirigʻini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar toʻxtab qolishining oldini olish uchun cheklovlar davom etadi.
Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol muvozanatini ushlab turish hamda taʼminotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida poytaxt hududlarida tuman hokimliklari bilan kelishgan holda avval eʼlon qilingan elektr energiyasi taʼminotiga oid kiritilgan qisqa muddatli cheklovlar dekabr oyining 14, 15 hamda 16 sanalarida ham amal qiladi.
"Elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq har qanday muammoli vaziyatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tunu kun faoliyati yoʻlga qoʻyilgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot kanalining administratoriga @HET_admin oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz", — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling