Super-kontraktlar bo'yicha yangi tartib belgilandi

Tanlagan yo'nalishlariga o'qishga kira olmagan abituriyent istalgan beshta yo'nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o'qishi mumkin

Foto: google source

Foto: google source

O'zbekistondagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida super-kontraktda o'qish bo'yicha yangi tartib belgilandi. Bu haqda Oliy ta'lim vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga ko'ra, abituriyent o'zi tanlagan birinchi yo'nalishga kira olmagan, lekin qolgan yo'nalishlardan biriga o'qishga kirgan bo'lsa, o'z xohishi bilan birinchi tanlagan yo'nalishida super-kontraktda o'qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yo'nalishga taalluqli emas. Ya'ni beshinchi yo'nalishga o'qishga kirgan abiturient ikkinchi yoki to'rtinchi yo'nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yo'nalishga qilishi mumkinligi aytilgan.

Tanlagan beshala yo'nalishiga ham o'qishga kira olmagan abituriyent istalgan beshta yo'nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o'qishiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, abituriyent to'plagan ball 1-ta'lim yo'nalishida to'lov-kontrakt asosidagi o'tish balidan past bo'lganda, ya'ni 143 ball to'plaganda, birinchi ta'lim yo'nalishida to'lov-kontrakt asosidagi o'tish ball (kontraktning oxiri) 143 dan yuqori bo'lsa, super kontrakt asosida o'qishiga ruxsat beriladi. Lekin o'tish bali (kontraktning oxiri) 143 yoki undan past bo'lsa, super kontraktga ruxsat berilmasligi va u o'zi tavsiya etilgan ta'lim yo'nalishida o'qishi mumkinligi ma'lum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling