4-oktabr kuni taxminan 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi “Maksam Chirchiq” AJ qarashli 5-zavodda yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Yong'in oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash vujudga kelgan.
Holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan darhol nazoratga olingan. Hozirgi paytda zavodda yongʻinni qurshab olish va oʻchirish chorasi koʻrilmoqda.
Hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling