Indoneziyada joylashgan masjidlardan birining gumbazi yong'in oqibatida qulab tushdi

Ushbu masjid Osiyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi

Indoneziyaning Jakarta shimolidagi Jomiy masjidining katta gumbazi ta'mirlash ishlari jarayonida yuzaga kelgan yong'in oqibatida qulab tushdi. Bu haqda "Jakarta Globe" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, avvalroq masjid ta'mirlash ishlari uchun uch haftaga yopilgan. Ta'mirlash ishlari davomida masjid hududida yong'in sodir bo'lgan. Yong'in chiqqan vaqtda voqea joyida to'rt nafar quruvchi bo'lgan. Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, voqea oqibatida hech kim jabr ko'rmagan.

Xabarga ko'ra, yong'inni bartarf etishga 22 ta o't o'chirish mashinasi jalb qilingan. O't o'chiruvchilar yong'inni tez fursatda bartaraf etishga erishgan.

Hozirda voqea sabablari o'rganilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling