Foto: google source
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov uzoq muddat xizmat qilgani uchun 2022-yil 3-oktyabrdan boshlab o‘ziga o‘zi 30 foiz miqdorida lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustama haq belgilanishini tasdiqlovchi farmoyishni imzoladi.

Qarordan Screenshot
Qarorda yozilishicha, xodimning uzoq muddat xizmat qilganlik davri belgilangan mezon bo‘yicha keyingi bosqichga to‘gri kelsa, shuningdek xodimlar almashinuvi amalga oshirilganda ustama haqlari qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlangan.

Otabek Nosirov joriy yil 28-sentabrda ushbu lavozimiga tayinlangan.

Screenshot
Qaror va farmoyishlar e'lon qilinib boriladigan "e-qaror.gov.uz" saytida esa 160-9-132-F/22- sonli hokim farmoyishi topilmagan.