Videodan lavha
Sankt-Peterburgda erkak turar-joy binosi liftida sakkiz yoshli qizchani labidan o‘pib, qochib ketdi. Bu haqda "Shot" xabar berdi.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan bolaning onasi politsiyaga murojaat qilgan. Tezkor qidiruv natijasida topilgan gumonlanuvchi shaxs migratsiya ro‘yxatida bo‘lmagan 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.
U yashirinishga harakat qilmagan. Politsiya uni jinoyat sodir etgan uyning yonidan topgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.