Foto: Telegram
Dneprdagi zarba natijasida 50 dan ortiq avtobus yonib ketdi, bir kishi halok boʻldi deb xabar berdi Dnepr viloyati davlat maʼmuriyati rahbari Valentin Reznichenko.
“Jumaga oʻtar kechasi Rossiya armiyasi Dnepr shahriga raketa hujumi uyushtirdi”, — deb xabar qildi mahalliy hukumat.
Dnepropetrovsk viloyati maʼmuriyati rahbari xabar berishicha, shahardagi otishma natijasida turar-joy massivi va transport kompaniyasi zarar koʻrgan.
Foto: Google maps
“U yerda kuchli yongʻin kelib chiqdi – maʼmuriyat binosi va 50 dan ortiq avtobus yonib ketdi”, — deb yozadi maʼmuriyat rahbari.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling