Foto: Zamon
Fargʻona viloyati Fargʻona shahri Ogahiy koʻchasida yashovchi fuqaroning uyiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalar oʻgʻrilikka tushib, uning 7 ming dollarini oʻmardi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 14-oktyabr kuni fuqaro Ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, noma'lum shaxslar uning uyiga oʻgʻirlikka tushgani va shkaf ichidagi kostyum choʻntagidan 7 ming dollar pullarini olib, qochganini, shuningdek, ushbu fuqarolarga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, jinoyatni ikki nafar shaxs voyaga yetmagan sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling