Foto: Facebook
Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilovga 60,5 mlrd so‘mlik yer uchastkalarini noqonuniy ravishda ajratib berishda ayblanmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2018-2019-yillarda shaharning sobiq rahbari, qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Qarshi shahar bosh arxitektori va boshqa bir qator mansabdor shaxslar o'zaro til biriktirib 54 ta holatda hokimlik zaxirasidan umumiy qiyamti 60 mlrd 512 mln so‘mlik yer uchastkalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazib bergan.
Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, yerlar zarur auktsionlar oʻtkazilmasdan berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilovga qamoqqa olish jazosi belgilangan, biroq sudning 20-oktyabr kunidagi qaroriga muvofiq sobiq hokimga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uy qomog'i jazosi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling