Foto: Ast-news
Moskvada 28 yoshli oʻzbekistonlik yigit firibgarlik uchun sudga tortildi. Bu haqda Ast-news xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Astraxan Ichki ishlar boʻlimiga mahalliy fuqqaro tomonidan murojjaat kelib tushgan. Unda aytilishicha, oʻzbekistonlik yigit eʼlonlari veb-saytiga mebel sotishi haqida reklama qoldirgan. 37 yoshli fuqaro mazkur eʼlonni koʻrib, mebel sotib olish maqsadida uning plastik kartasiga 5 ming rubl oʻtkazgan. Shundan soʻng “sotuvchi” gʻoyib boʻlgan.
Olib borilgan tergovlar davomida mazkur shaxs yana 18 nafar fuqaroning 177 ming rubl pullarini shu yoʻl bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Xabarga koʻra, mazkur ish Astraxan sudi tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonlik yigit besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling