Bir muddat oldin, Toshkentda noma'lum shaxs tomonidan avtomobillar eshigiga qulf osib ketib, uni ochish evaziga haydovchilardan pul talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli fuqaro ushlangan.
Qayd etilishicha, xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Suhbat davomida u internetda shunday "pul ishlash" usulini ko'rib, undan foydalanishga qaror qilganligini aytgan.
Shuningdek, rejaga ko'ra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko'rsatilgan hisob raqamiga pul mablag'lari kelib tushgandan so'ng, qulf kodini yuborishi kerak bo'lgan.
Ma'lumotlatga ko'ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda, uning natijalariga ko'ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling