Foto: TRT
2021-yilda Nigeriya so'nggi yillardagi eng yomon vabo epidemiyasini boshdan kechirmoqda.
Qayd etilishicha, 2021-yil 19-dekabr holatiga ko‘ra, 32 shtat va boshqa hududlarda jami 109 189 ta shubhali holat, shu jumladan 3604 ta o‘lim (o‘lim darajasi ,3%) qayd etilgan. 2021-yil boshidan qayd etilgan shubhali holatlarning 5-14 yosh guruhi eng ko'p zarar ko'rgan yosh guruhi bo'lib qolmoqda.
2021-yil iyun oyida epidemiya avjiga chiqqanida, hukumat vaboga qarshi kurashni milliy darajada muvofiqlashtirish uchun 2-darajali Milliy Favqulodda Operatsiya Markazini faollashtirgan.
Ma'lum bo'lishicha, 2022-yil iyul holatiga koʻra ushbu markaz hamon faoliyatini davom ettirib davlatlar boʻyicha yangilanishlar va kuzatuv natijalarini taqdim etmoqda.
Markaz bergan ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 4-iyulidan 31-iyuligacha Nigeriyada vabo infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 575 ta holat aniqlangan.
Berilgan maʼlumotlarga qaraganda, Nigeriyada yanvar oyi boshidan beri vabodan vafot etganlar soni 91 nafarga yetgan.
Epidemiya shu vaqt ichida Nigeriya poytaxti Abudja va 31 ta shtatga tarqalgan. Ushbu hududlarda 3610 ta vaboga chalinish holatlari aniqlangan.
Nigeriyada tarqalayotgan yuqumli kasalliklarning tarqalishiga toza ichimlik suvining taqchilligi, tibbiy xizmatlarning yetishmasligi sabab boʻlmoqda.
Maʼlumot uchun, vabo kasalligini "vibrion" bakteriyasi keltirib chiqaradi. U oziq-ovqat va suv orqali yuqadi va kuchli diareya hamda suvsizlanishni keltirib chiqaradi.
Agar vaqtida davolanmasa, kasallik oʻlimga olib kelishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling