JCH-2022. Marokash bu safar Portugaliyani uyiga kuzatib qoʻydi, Fransiya va Angliya ishtirokidagi super o'yinda inglizlar magʻlubiyatga uchradi

Yarim finalda Fransiya hamda Marokash jamolari to'qnash keladi

Foto: NDTV

Foto: NDTV

JCH-2022ning chorak finalidan oʻrin olgan Marokash – Portugaliya uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Avvalgi bosqichda Ispaniyani yengib, musobaqadan chiqarib yuborgan Marokash bu safar portugallarni yigʻlatdi.

Marokash – Portugaliya 1:0 (1:0, 0:0)

10-dekabr, “Al-Tumama” stadioni

Gol: 1:0 – 42 En-Nesiri.

Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss (Dari, 57), El-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla (Sheddira, 65), Unai, Ziyesh (Abuxilol, 82), Bufal (Jabran, 82), En-Nesiri (Banun, 65).

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot (Rikardu Orta, 79), Pepe, Ruben Diash, Gerreyru (Joau Kanselu, 51), Otavio (Vitinya, 69), Bernardu Silva, Ruben Nevesh (Ronaldu, 51), Brunu Fernandesh, Joau Feliks, Gonsalu Ramush (Rafael Leau, 69).

Ogohlantirish: Dari (70), Vitinya (87), Sheddira (90).

Chetlatish: Sheddira (90).

Angliya hamda Fransiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda fransuzlar g'alaba qozondi.

Angliya - Fransiya 1:2

Gol: 17 - Tchuameni, 54 - Keyn, 78 - Jiru

Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Shou, Xenderson, Rays, Bellingem, Foden, Saka, Keyn.

Fransiya – Lyoris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Rabyo, Tchuameni, Jiru, Grizmann, Dembele, Mbappe.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling