Foto: eSports
Amerikalik qiz singlisini video o'yin orqali yigiti bilan gaplashayotganligini bilib qolgach uni pichoqlab o'ldirdi. Bu haqda "DailyMail" nashri xabar berdi.
Orlando politsiyasiga ko'ra, qiz singlisini video o'yin orqali uzoq masofali yigiti bilan munosabat qurganini bilib, uning yuragiga bir necha marta pichoq urganini tan olgan.
Ma'lum bo'lishihcha, 21 yoshli Fotiha 26-sentabr kuni ertalab soat 4:30 da 20 yoshli singlisi Saymaning yuragiga 3-4 marta pichoq urgan, biroq kechki soat 19:30 atrofida, ya'ni 15 soatdan keyin politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyati haqida xabar bergan.
Sayma singlisining yigiti bilan "Valorant" video o'yinini o'ynagan va tez-tez o'yin suhbati orqali gaplashishgan, deyiladi Orlando Sentinel xabarida.
Yigiti Saymaga uni sevishini aytganini bilgach, Fotiha Amazondan pichoq sotib olgan.
"Fotiha ongli ravishda singlisi Saymani o'ldirishga qaror qildi va bu qaror o'ldirish vaqtida uning xayolida edi", — deb xabar bergan Orlando politsiyasi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling