Foto: Reuters
AQSh Avstraliya shimolidagi havo bazasiga oltitagacha yadroviy quvvatga ega B-52 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bombardimonchilar uchun maxsus jihozlar Avstraliyaning shimoliy hududi poytaxti Darvindan 300 km (190 milya) janubda joylashgan Qirollik havo kuchlarining uzoqdagi Tindal bazasida oʻrnatiladi.
Qoʻshma shtatlar bosh vaziri Entoni Albanesening aytishicha, Avstraliya “vaqti-vaqti bilan” mudofaa boʻyicha AQSh bilan hamkorlik qiladi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu baza AQSh hukumatiga 100 mln dollarga tushishi taxmin qilinmoqda. Bombardimonchilar uchun turish joyi 2026-yilning oxiriga qadar qurib bitkaziladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling