Foto: Andijon viloyati Matbuot xizmati
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida joylashgan “Do‘stlik” bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining olib o‘tishi vaqtincha to‘xtatildi.
Unga ko'ra, Andijon viloyatidagi davlat chegarasida joylashgan “Doʻstlik” chegara bojxona postida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 10-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar avtomobillar harakati, shuningdek, fuqarolarning harakatlanishi vaqtinchalik toʻxtatiladi.
“Do‘stik” nazorat-o‘tkazish punkti Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani va O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati hududida joylashgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ushbu nazorat-o‘tkazish punkti uzoq yillar davomida faoliyat yuritmagan va 2017-yilda qayta ochilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling