Samarqandda ayrim ko'chalar sammit munosabati bilan vaqtincha yopiladi

10-11-noyabr kunlari Samarqanddagi 15 ta koʻchada transport harakati cheklanadi

Samarqandda ayrim koʻchalar Turkiy davlatlar tashkilotining I sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sammit munosabati bilan 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahridagi 15 ta koʻchada transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Ular:

— Ibn Sino;

— Boʻstonsaroy;

— Universitet xiyoboni;

— Namozgoh;

— Sadriddin Ayniy;

— Registon;

— Rudakiy;

— Shohizinda;

— Usto Umar Joʻraqulov;

— Islom Karimov;

— Afrosiyob, Beruniy;

— Mirzo Ulugʻbek;

— Gulobod;

— Muqimiy;

— Dahbed.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling