"Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud vaqtincha ozodlikka chiqarildi

Futbolchi joriy yilning 30-yanvarida politsiya tomonidan qo‘lga olingan

"Manchester Yunayted" hujumchisi, sobiq sevgilisini zo‘rlashda ayblanayotgan Meyson Grinvud Manchester Crown sudidagi yopiq sud majlisidan so‘ng joriy yilning 21-noyabrigacha garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi joriy yilning 30-yanvarida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Angliya terma jamoasi vingeri o‘zining sevgilisi, model Garriyet Robsonga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumon qilinmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Grinvudning 17-oktyabr kuni garov puli bilan bog‘liq qoidalarni buzganligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, advokatlar yordami bilan Meyson vaqtincha ozodlikka chiqarildi. Sud majlisining qaroriga ko'ra, Grinvud ozodlikka chiqarilgan muddatda guvohlar bilan gaplashishi ta'qiqlangan. Shuningdek, u Boudendagi uy manzilida yashashi shart.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud shu yilning yanvar oyida sobiq sevgilisi Harriet Robsonni kaltaklagani, shuningdek, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagani aks etgan surat va audioyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan keyin hibsga olingan edi. Bir muddatdan so'ng, model ushbu surat va audioyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlardan o'chirib tashlagan.

Foto: Qalampir.uz<br>

Foto: Qalampir.uz

Olib borilgan surushtiruv natijalariga ko'ra, suratlarda aks etgan holat 2018-2021-yillarda sodir bo'lgan.

Qayd etilishicha, futbolchining navbatdagi sud majlisi 21-noyabr kuni sudida bo'lib o'tadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling