Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari 16-oktyabr kuni bir necha soatga yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 16-oktyabr kuni Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kilometrga yugurish Business Run marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopiladi:
Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.
Shuningdek, xabarda idora haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling