Foto: Darakchi
O'zbekiston hukumati Qurolli Kuchlar safida nafaqadagi harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish niyatida. Bu haqda prezident farmoniga asoslanib, "Nigoh" Telegram kanali xabar bermoqda.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
Qarorga ko'ra, xizmat o'tash vaqtida orttirgan kasallik yoki olingan jarohat tufayli harbiy xizmatni o'tashga yaroqsiz topilib, zaxiraga o'tkazilgan, shuningdek, halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning, ularning xizmat muddatidan qat'iy nazar, oila a'zolari uy-joy bilan ta'minlanadi.
Harbiy xizmatchilar boshqa vazirlik va idoralar tizimiga haqiqiy harbiy xizmatni o'tash uchun o'tkazilganda, ularga berilgan xizmat xonadonlari ham tegishli vazirlik va idoralar tasarrufiga o'tkaziladi.
Harbiy xizmatchilarga ajratiladigan uy-joy maydoning ijtomiy normasini aniqlashda ularning oila a'zolari bilan bir qatorda qaramog'iga olingan shaxslar toifasiga ham aniqlik kiritiladi.
Shuningdek umimiy harbiy xizmat muddati 20 yil bo'lgan harbiy xizmatni o'tab bo'lgandan keyin rezervga o'tkazilgan fuqarolarga davlat hisobidan uy-joy beriladi.
Bunda ularning oliy ta'lim muassasalarida o'qigan davri, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlaridagi mehnat faoliyati yillari harbiy xizmat yillari hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling