Alisher Sa'dullayev yoshlar ishlari agentligi direktorligida qoldi. Yana beshta vazirlikka vazir o'rinbosarlari tayinlandi

Prezident qarori bilan yana bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan:

Ulugʻbek Axmadovich Azamov Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Alisher Zafar oʻgʻli Saʼdullayev Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga;

Sherzod Saidjanovich Xidoyatov Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Nozim Baxtiyorovich Xusanov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Agrippina Vasilevna Shin Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Narzullo Naimovich Oblomuradov Tabiat resurslari vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling