Foto: Zakon.kz
17-sentyabr kuni ertalab tojik-qirg'iz chegarasida yana o'q uzildi. Bu haqda Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Chegara xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib TACC nashri xabar bermoqda.
"Tojikiston tomoni avval erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, mahalliy vaqt bilan 08:50 da Botken viloyatining Paski-Ariq aholi punkti hududini minomyotlardan o'qqa tutdi. Soat 8:55 da o'q otilishi to'xtatildi", – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Qirg'iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi chegara xizmatining Botken viloyatida joylashgan bo'linmalari shaxsiy tarkibi mavjud vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko'rmoqda.
Ma'lumot o'rnida, bu aholi punkti ikkinchi marta o'qqa tutilmoqda. Birinchi marta 14-sentyabr kuni o'qqa tutilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling