Putin Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi

Vladimir Putin fikricha, G'arbning maqsadi Rossiyani zaiflashtirib, yo'q qilish

Foto: BBC

Foto: BBC

Putin Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi. Bu haqda Rossiya yetakchisi xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

“Ayni paytda zaxirada turgan va birinchi navbatda Qurolli kuchlar saflarida xizmat o‘tagan, ma’lum bir harbiy-hisob mutaxassisligi va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga chaqirilganlar qismlarga yuborilishdan avval majburiy tartibda maxsus harbiy operasiya tajribasidan kelib chiqib, qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi”, — degan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning maqsadi - Rossiyani zaiflashtirish, bo‘lish va yo‘q qilish.

"Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri 1991-yil SSSRni parchalashga muvaffaq bo‘lganligini va endi Rossiya uchun vaqt keldi, deb aytishyapti", — deydi Rossiya prezidenti o'z xalqiga murojaatida.

Qayd etilishicha, maxsus harbiy operatsiyaning asosiy maqsadlari o‘zgarishsiz qolmoqda - "LXR" to‘liq ozod qilindi, "DXR" qisman ozod qilindi.

Putin Rossiya hukumati va Mudofaa vazirligiga Donbass ko‘ngillilari va isyonchilarining huquqiy maqomini imkon qadar tezroq aniqlashni topshirdi. "Bu oddiy rossiyalik harbiylar bilan bir xil bo‘lishi kerak", — dedi u.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling