Foto: Teznews
Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 15 yoshli o'smir joriy yilning 21-sentabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Shundan so‘ng uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.
Oradan maʼlum vaqt o‘tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan.
Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgani qayd etilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling