Kuchli yomg'ir sabab Samarqand ko'chalarida suv toshqinlari kuzatilmoqda

Hozirda viloyat FVB bo'limlari xodimlari maxsus texnikalar yordamida suv tortish ishlarini olib bormoqda

Foto: FVB matbuot xizmati<br>

Foto: FVB matbuot xizmati

Samarqandda kuzatilgan kuchli yomg'ir oqibatida bir qator hududlar va ko'chalarda suv toshqinlari kuzatildi. Bu haqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: FVB matbuot xizmati

Foto: FVB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ayni paytda Samarqand viloyati FVB va uning shahar, tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar hamkorligida yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan muammolar, ya’ni mahalla ko‘chalari va aholi hovlilariga to‘planayotgan suvlarni maxsus texnikalar yordamida tortish ishlari olib borilmoqda.

Foto: FVB matbuot xizmati

Foto: FVB matbuot xizmati

"Shu o'rinda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan irrigatsiya tarmoqlarining sozligiga e'tibor qaratishni so'rab qoladi", — deyiladi xabarda.

Foto: FVB matbuot xizmati

Foto: FVB matbuot xizmati

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling