Kuchli yomg‘ir yog'ishi oqibatida suv bosgan Toshkent ko'chalari - video

FVV sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar berdi

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yo‘llarini yomg‘irdan suv bosganini aks ettiruvchi videolar tarqaldi.

Kuchli yomg'ir oqibatida yo'llarda suv to'planib, mashinalar harakatida qiyinchilik yuzaga keltirmoqda. Toshkent yo‘llarida suv chiqarish muammosi hamon dolzarbligini yo'qotmagan, chunki ular odatdagi kuzgi ob-havoga bardosh bera olmayapti.

Yomg'ir tufayli transport harakati ancha sekinlashgan, bu esa katta tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining bir nechta tumanlarida kunning birinchi yarmida yogʻinlar jadal va koʻp yogʻish hisobiga, soy va sel oʻzanlaridan sel oʻtmoqda.

Qamashi va Dehqonobod tumanidan oqib oʻtuvchi sel va soy oʻzanlaridan sel oqib oʻtgani tasvirlangan videolar kelib tushmoqda.

Tasvirlardan hozircha sel suvlari soy va sel oʻzani ichida oqib oʻtayotgani, talofat darajasi yuqori xavfga ega emasligini koʻrish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar berdi:

  • sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;
  • sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;
  • sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling