Foto: Front News
Zelenskiy Rossiyada safarbarlik e'lon qilinganiga munosabat bildirdi.
Rossiya Federatsiyasining safarbarlik to‘g‘risidagi qarori ularning o‘nlab yillar davomida birovni yerini egallash uchun tayyorlagan armiyasi chiday olmay, parchalanib ketganini tan olishdir.
Ukraina prezidentining so'zlariga ko'ra, endi safarbarlik tufayli Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi aksariyat rus fuqarolari uchun televizor yoki internetdagi emas, balki har bir rus uyiga kirgan voqelikdir.
"Rossiya shaharlarida safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi – garchi ommaviy bo‘lmasa ham, ular o‘tkazildi. Va bu ko‘rsatkich. Faqat Moskva va Sankt-Peterburgda emas. Biz Rossiya hududlaridagi haqiqiy kayfiyat haqida bilamiz. Biz Dog‘istonda, Buryatiyada, Rossiyaning boshqa milliy respublikalari va mintaqalarida odamlar shunchaki tashlab ketilganini tushunayotganini ko‘ryapmiz. Nega, masalan, dog‘istonliklar yoki boshqa birovlar Xarkov viloyatida yoki Donetsk yaqinida o‘lishi kerak? Ha, chunki Rossiyada bir kishi shunday qaror qildi – Rossiyaning barcha fuqarolari uchun. Boshqa sabab yo‘q. U shuni xohlaydi", — deydi Ukraina rahbari.
Shuningdek, prezidentning ma'lum qilishicha olti oylik urush davrida 55 ming rus askarlari halok bo'lgan.
"Ruslarga nima bo'layotganini rus tilida tushuntiraman. Olti oy ichida bu urushda 55 ming rus askari halok bo'ldi. O'n minglab odamlar yaralandi, mayib bo'ldi. Yana xohlaysizmi? Yo'qmi? Unday bo'lsa norozilik bildiring. Jang qiling. Qoching. Yoki taslim bo'ling. Ukraina asirligiga taslim bo'liing. Bular siz uchun omon qolish variantlaridir", — deydi Zelenskiy.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling