Foto: Newsweek
Tesla kompaniyasi rahbari, tadbirkor Ilon Mask tarixda 200 mlrd dollar yoʻqotgan birinchi odam boʻldi, deb yozmoqda Bloomberg.
Maskning sof boyligi 2021-yilning noyabrida 340 mlrd dollarga yetgan va Tesla aksiyalari tushib ketganidan keyin bu haftada 137 mlrd dollargacha tushgan.
Bu Maskning oxirgi ikki yildagi eng past boyligi hisoblanadi.
Oʻtgan haftada Tesla narxi 85 mlrd dollarga tushib ketdi, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 390 mlrd dollarga tushdi, deya taʼkidlaydi Financial Times. Atigi bir yil ichida Teslaʻning qiymati ikki baravar pasaydi, yanvarda u 1,2 trln dollarga baholangan edi.
Maskning Twitter ijtimoiy tarmogʻi xaridini moliyalashtirish uchun kompaniya aksiyalarini sotish haqidagi qarori, shuningdek, investorlarning elektromobillar savdosi istiqbollaridan xavotirlari ortib borayotgani Tesla aksiyalariga bosim oʻtkazdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling