Gvardiola: “Shartnomada Holandning "Real”ga oʻtishi haqida band yoʻq"

Manchester City ustozi Holand hozirgi jamoasida baxtli ekanligini aytgan

Foto: Football365

Foto: Football365

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YECHL 3-turidan oʻrin olgan “Kopenhagen”ga (5:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Biz barqarormiz va hamma sovrin uchun kurashamiz. Derbida ("MYU”ga qarshi) 6:3 hisobida gʻalaba qozonganimizdan soʻng oʻzimizga ishonchimiz ortdi, shuning uchun bugun ham istaganimizdek oʻynadik.

Natija aʼlo, ammo hujumkorligimiz meni hayratda qoldirdi. Juda mamnunman va yana bir bor futbolchilarni tabriklayman.

Har tomonlama yaxshi oʻynadik. Diqqatimizni jamlagan edik. Koʻplab futbolchilar yuqori saviyada harakat qilishdi. Oʻyindan oʻyinga gʻalaba qozonish uchun hamma yaxshi oʻyin koʻrsatishi kerak.

Xoland? Shartnomada uning “Real” oʻtishi haqida hech qanday band yoʻq, bu toʻgʻri emas.

Men uning “Siti”da juda baxtli ekanligini his qilyapman", — deya  fikr bildirgan Gvardiola.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar