Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov WhatsApp’dagi xavfsizlik muammolari tufayli xakerlar foydalanuvchilarning telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
"Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishlari mumkin. Bu xavf oʻtgan hafta WhatsApp tomonidan oshkor qilingan xavfsizlik muammosi tufayli paydo boʻldi”, — deb yozadi Durov o'zining kanalida.
Durovning aytishicha, qurilmangiz ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun ilovaga videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirishga ruxsat berishingizni o'zi yetarli bo'ladi.
"WhatsApp birinchi marta bunday muammoga duch kelmayapti", — deydi Durov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling