Foto: TechCrunch
Dunyo bo'ylab WhatsApp ijtimoiy tarmog'ida nosozliklar kuzatilmoqda. Bu haqda "Downdetector" internet-resurslari ishini kuzatish xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 25-oktyabr kuni WhatsApp foydalanuvchilaridan messenjerda kuzatilayotgan nosozliklar bo'yicha shikoyat kelib tushgan.
Shikoyatga ko'ra, asosan xabarlarni jo'natishda bir qancha muammolar yuz bergan. Jumladan, xabar yetkazilgandan so'ng, undagi ikkita tasdiq belgisi ko'rinmaslik holati, shuningdek, messenjer orqali soatlab xabar jo'nata olmaslik kabi bir qancha nosozliklar yuz bermoqda.
Shu bilan birga, mobil ilovada va veb-versiyada ham muammolar kuzatilmoqda. Xizmatga bevosita ulanish bilan bog'liq muammolar ham mavjud.
"Meta" kompaniyasi hali ushbu holatlarga izoh bermagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling