Foto: ecoqash
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ruxsatsiz daraxt kesish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, holat Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig'ini Gulmachit ko'chasida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgan.
Foto: ecoqash
U noqonuniy ravishda 22 dona Eldor qarag'ayi hamda 2 dona terak daraxtlarini kesgani aniqlangan.
Fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o'simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo'q qilish yoki boshqa joyga ko'chirib o'tkazish) 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 3 mln jarima qo'llanilgan.
Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 156 mln so'mni tashkil etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling